Joriy yilning 12-14 mart kunlari Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlarida “Baron” badiiy filmi ijodkorlari bilan targ`ibot uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi xabar bermoqda.
Uchrashuvlarda film rejissyori Rustam Sa`diev, aktyorlar Ulug`bek Qodirov, Habibullo Nizomov, Dilorom Egamberdieva, Xurshida Arabshoevadan tashkil topgan ijodiy guruh ishtirok etdi.
Uchrashuvlar mobaynida filmning mavzusi hozirgi kunda butun dunyoda eng dolzarb muammolardan biri ekanligi ta`kidlanib, unda narkobiznesga qarshi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar real voqealarga asoslanib ko`rsatilganligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirganligi aytildi.
Keng jamoatchilik, mahalla raislari, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarining professor o`qituvchilari, talabalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo`limi etakchilari, masjidlarning imom xatiblari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan mazkur targ`ibot uchrashuvlari boshqa hududlarda ham davom etishi rejalashtirilgan.






