11 iyun kuni «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ bosh direktori va uning o`rinbosarlari barcha yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlarida tekshiruv safarlarini boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh direktor boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent—Andijon—Toshkent yo`nalishidagi 60/61-sonli yo`lovchi poezdida nazorat ishlarini olib borgan. Toshkentdan Andijongacha barcha vagonlardagi kondisionerlarning ishlashi, vagon kuzatuvchilarining faoliyatlari nazorat qilib borilgan.
Bundan tashqari, shu kunning o`zidan boshlab yo`l davomida yo`lovchilarga o`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida har bir yo`lovchi poezdlar tarkibiga tibbiyot xodimlari biriktirilgan. Ta`kidlanishicha, poezdlarda tibbiyot xodimlari bilan bunday amaliyot boshqa mamlakatlarda qo`llanilmaydi.






