AsosiySport

Zlatan Ibragimovich Eyfel minorasi o`rniga o`z haykalini qo`yishni taklif qildi

"PSJ" jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Trua"ga qarshi (9:0) kechgan o`yindan so`ng Parijda qolmasligiga sha`ma qildi. 

"Agar "PSJ" rahbariyati Eyfel minorasi o`rniga mening haykalimni qo`ysa, men Parijda qolishga va`da beraman. Hozir esa, kelasi mavsumda klubni tark etishim haqida ayta olaman", — deydi shvesiyalik futbolchi. 

Joriy mavsumda Ibragimovich Fransiya chempionati doirasida 24 o`yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Eslatib o`tamiz, kecha, 13 mart kuni "PSJ" safarda "Trua" ustidan 9:0 hisobida zafar quchib, chempionat yakunlanishiga 9 tur qolganida Fransiya chempion bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar