AsosiyJamiyat

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatlardagi 15% dan kam bo`lmagan ulushini savdoga qo`ydi

«O`zbekiston temir yo`llari» AJning aksiyadorlik jamiyatlaridagi 15% dan kam bo`lmagan ulushi savdoga qo`yildi. Bu haqda kompaniyaning Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Mazkur savdo O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli "Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Unga ko`ra "O`zbekiston temir yo`llari" AJning «O`ztemiryo`lkonteyner», «Toshkent vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi», «O`zvagonta`mir», «Mexmost», «O`zelektroterm», «Eyvalekmahsustemirbeton» aksiyadorlik jamiyatlaridagi 15% dan kam bo`lmagan ulushi «Toshkent» RFBga savdoga qo`yildi. 
 

    Boshqa yangiliklar