Angliyaning “Byornli” jamoasi himoyachisi Maykl Kin “Roterxem” jamoasiga qarshi kechgan o`yinda raqib futbolchisi bilan to`qnashib, miyasi chayqaldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchi boshi bilan to`qnashib, ko`z oldi qorong`ulashib ketgan. O`yinning 32-daqiqasida esa u zaxiradan joy olgan.
“Meni kuchli bosh og`riqlari bezovta qildi, keyin esa bo`lib o`tgan voqealarni eslay olmadim. Shifokor mendan hozir nechanchi yil ekani haqida so`raganida, men 1996 yil deb javob berdim”, — deydi Maykl Kin.

Jarohati tufayli Maykl Kin jamoasining ikkita o`yinida maydonga tusha olmagan. Shifoxonada davolanib chiqqan himoyachi ayni damda o`zini yaxshi his qilmoqda.





