Toshkent shahridagi S5 dahasidagi Germaniya elchixonasi yaqinida “qimmat” yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.

Suratlarda Toyota Prado avtomobilining BMW`ning ustiga chiqib ketganini ko`rish mumkin. Aksariyat internet foydalanuvchilari mazkur YTHning qanday sodir bo`lganini muhokama qilib, o`zlarining turli versiyalarini keltirib o`tishdi.

Guvohlarning ma`lum qilishicha, Toyota Prado`ni boshqarib ketayotgan qiz yo`lning qayrilish mumkin bo`lmagan qismidan burilib, avtoturargohga kirmoqchi bo`lgan. Shu paytda asosiy yo`dan kelayotgan BMW bilan to`qnashib, gaz pedalini kuchli bosib yuborgani oqibatida avtomobilning ustiga chiqib ketgan.

Izohlarda aytilishicha, ikkala avtomobilning haydovchisi ham sog`-omon. BMW haydovchisining rafiqasi turmush o`rtog`ining ahvoli yaxshi ekanligi,f aqat biroz oyog`i og`riyotganini keltirib o`tgan.






