AsosiySport

Fransiya sudi Benzemaga terma jamoa safida to`p surishga ruxsat berdi

Fransiya sudi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzemadan terma jamoa safida to`p surish taqiqini olib tashladi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda.

Manbaning ta`kidlashicha, Fransiya apellyasion sudi Matyo Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo`yicha Benzemaga qo`yilgan nazoratni qisman olib tashlagan. Endilikda Benzema Evro–2016 musobaqasida to`p surishi mumkin bo`ladi. 

Ta`kidlash kerakki, Karim Benzemadan barcha ayblovlar olib tashlanmagan. Oldinroq, Fransiya sudi Karim Benzemaga terma jamoadagi sherigi Matyo Valbuena bilan muloqot qilishga ruxsat bergandi. 

    Boshqa yangiliklar