“Barselona” jamoasi rahbariyati klubning uy o`yinlari o`tkaziladigan “Kamp Nou” stadionini rekonstruksiya qilish loyihasining dastlabki suratlarini namoyish qildi.
Rejaga ko`ra, yangilangan stadion o`z bag`riga 105 ming muxlisni sig`diradi. “Kamp Nou”ning hozirgi sig`imi 99 mingni tashkil etadi.
Rekonstruksiya jarayoni joriy yilning yozida boshlanib, 2021 yilga qadar yakunlanishi ko`zda tutilgan. “Kamp Nou”ning yangilanishiga 600 million evro sarflanadi.
Ma`lumot uchun, “Kamp Nou”ni rekonstruksiya qilish uchun qurilish kompaniyalari o`rtasida o`tkazilgan tenderda 8 ta kompaniya orasida Nikken Sekkei hamda Pascual i Ausi Arquitectes kompaniyalarining birgalikdagi loyihasi tender g`olibligini qo`lga kiritgan.





