“Samarqand darvoza” gipermarketida Chustiy’s Cuisine va Tez Food ma`muriyati "Shirapaz" hamda Restoran biznesi akademiyasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlaridan eng katta O`zbekiston xaritasi tayyorlanishi haqida xabar bergandik.
Mazkur rekord xarita "Interrekord" xalqaro agentligi tomonidan sertifikat bilan tasdiqlandi.

Tadbir davomida yig`ilganlar orasida 6 ta shart bo`yicha o`yin o`tkazildi va g`oliblar har biri 100 ming so`mdan iborat bo`lgan 6 ta sertifikat bilan taqdirlandi, deya xabar beradi Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida.






