5 mart kuni “Turkiston” saroyida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.
Unda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, tabarruk onaxonlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.
Islom Karimovning O`zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o`qib eshittirdi.
Tadbirda Prezident Islom Karimov qaroriga muvofiq adabiyot, san`at, fan, ta`lim, madaniyat sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan 14 nafar qizga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Saroy foyesida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Badiiy akademiya, «Hunarmand» uyushmasi hamkorligida tasviriy san`at va milliy hunarmandlik yo`nalishlarida iste`dodini namoyon etayotgan xotin-qizlar ijodiga bag`ishlangan ko`rgazma tashkil etildi.
Tadbir san`at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.
Bayram tadbirida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo`ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev ishtirok etdi.





