“Napoli” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashrining xabar qilishicha, agar yangi mavsumda “qizil iblislar”ni Joze Mourino boshqarsa, u argentinalik 28 yoshli futbolchini o`z jamoasiga taklif qiladi. Uning transferi uchun mankunianliklar 80 mln evro sarflashga tayyor.
Joriy mavsumda Gonsalo Iguain Italiya A Seriyasida 27 o`yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg`ol qilgan.





