Rossiyaning Vorkuta shahridagi «Olimp» sport kompleksida bir necha ming kishi «Severniy» shaxtasida halok bo`lgan to`rt nafar konchi bilan xayrlashish uchun keldi.
Ta`ziya bildirish uchun nafaqat konchilarning yaqinlari va do`stlari, balki hamkasblari hamda qutqaruvchilar ham keldi. Komi rahbari o`z chiqishida avariya yuz berganligi holati bo`yicha jinoiy ish ochilganligini eslatib o`tdi.
«Hozir tergov brigadalari tomonidan hodisa sabablari sinchiklab o`rganilmoqda, deya xabar beradi «TASS».
Tergov yakunlangach, uning xulosalaridan barchamiz xabardor bo`lamiz. Mazkur fojia aybdorlari aniqlanishi va tegishli jazo olishlariga ishonchim komil», — deya ta`kidlagan Gaplikov.
Eslatib o`tamiz, 25 fevral kuni «Severnaya» shaxtasida kuchli portlash oqibatida 4 kishi halok bo`lgan, 26 kishi qamalda qolgandi.





