10-15 mart kunlari Toshkentda Yoshlar ijod saroyida Art&Fashion Week 2016 san`at haftaligi o`tkaziladi.
Haftalikning asosiy maqsadi milliy va zamonaviy modani rivojlantirish, yosh dizaynerlar va mato ishlab chiqarish, zargarlik san`ati bilan shug`ullanuvchi ijodiy sulolalarni qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.
Art&Fashion Week 2016 dasturiga moda va san`at ko`rgazmasi, mahoratli dizaynerlar va stilistlardan mahorat darslari, O`zbekistonning yosh modelerlari yaratgan liboslar namoyishi, Muxtorxon Isaxonovning ko`rgazmasi va boshqa tadbirlar kiritilgan, deb yozadi Uz24 nashri.
San`at haftaligini Milliy liboslar festivali defilesi hamda gala-konsert yakunlab beradi. Faol ishtirokchilar taqdirlanadi.





