AQSh kinoakademiyasining 88- “Oskar” taqdimot marosimi ham o`z nihoyasiga etdi. Bu galgi taqdimot marosimidagi hayajonli onlarni aksariyat yulduzlari o`z juftlari bilan baham ko`rishni ma`qul ko`rishdi. Quyida marosimda didli liboslari bilan ko`zga tashlangan juftliklarni sanab o`tamiz.

“Oskar”dagi eng go`zal juftlik nomiga Naomi Uots va Liv Shrayber da`vogarlik qilmoqda. Aktrisa va uning sevgilisi taqdimot marosimidagi eng yorqin obrazda namoyon bo`lgan juftliklar sirasiga kiritildi.

Gollivudning taniqli aktyori Mett Deymon ham juda kam hollarda rafiqasisiz yuradi. Qora smoking va qizil ko`ylak-ajoyib mutanosiblik. Mazkur juftlik ham taqdimot marosimiga tashrif buyurganlarda o`zgacha taassurot qoldirdi.

Shunga o`xshash ranglar uyg`unligini Oliviya Mann va uning sevgilisi,futbolchi Aaron Rojers ham ma`qul ko`rdi.

“Oskar”ning eng romantik juftligi shubhasiz, Ledi Gaga va Teylor Kinni juftligi bo`ldi.

Bo`lajak ota-onalar Jon Lejend va Krissi Teygen ham taqdimot marosimida bir zumga ham bir-biridan ajralmadi. Qo`shiqchi rafiqasini avaylab, uning ko`ylagini to`g`irlab qo`ydi.

Julianna Mur odatda bunday kechalarga yolg`iz o`zi tashrif buyurar edi. Ammo bu safar u ham turmush o`rtog`i Bart Freyndlix bilan keldi va yig`ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Taqdimot marosimiga yana bir yulduzli juftlik-Sasha Baron Koen va uning rafiqasi Ayla Fisher ham ko`rk berdi. Koen o`z rafiqasiga o`ta e`tiborliligi bilan esda qoldi.

“Oskar” taqdimot marosimining boshqa nomzodlari Eddi Redmeyn, Mark Ruffalo, Tom Xardi, Kristian Beyl va Silvestr Stallone ham kechaga o`z rafiqalari bilan tashrif buyurdi.
Manba: elle.ru





