AsosiyDunyo

“Islom Davlati” terrorchilar guruhida ayollar bataloni paydo bo`ldi

“Islom Davlati” guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag`dodiy guruh tarkibida ayollar bataloni tashkil etilgani, uning rahbari etib, terrorchi ayol Nada al-Kataniy tayinlangani haqida ma`lumot berdi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ayollar bataloni Suriyaning shimoli-janubida joylashgan El-Xasaka shahrida joylashgan. 

Nada al-Kataniy o`zining “kuchli fe`l-atvori” bilan boshqalardan ajralib turadi. U 2013 yilda “Islom Davlati” guruhiga kelib qo`shilgan va boshqa ayollarni ham guruhga kirishga da`vat etgan. U hudkush-terrorchi bo`lish niyati borligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar