Amerikalik aktrisa Keyt Uinslet hamkasbi va yaqin do`sti Leonardo DiKaprio “Oskar” taqdimot marosimida minnatdorchilik nutqi so`zlayotgan paytda xursandchiligidan yig`lab yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bugun “Titanik” yulduzi DiKaprio “Omon qolgan” filmi uchun uzoq kutilgan “Oskar” mukofotini qo`lga kiritdi.
Amerika kinoakademiyasining “Oskar” 88-taqdimot marosimi Los-Anjeles shahridagi “Dolbi” teatrida bo`lib o`tdi.






