Italiyaning “Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa hujumchisi Gonsalo Iguainni semirib ketganlikda aybladi.
“Iguain” ortiqcha vaznini yo`qotishi kerak. U juda og`ir yugurmoqda. Nazarimda, uning cho`ntagida g`isht bordek. Gonsalo ozishi va avvalgi sport formasini qaytarishi kerak bo`ladi. Shuningdek, hujumchi gollar urishi lozim, — deydi Aurelio De Laurentis.
Avvalroq, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`z vaznini yo`qotish va tezroq yugurish maqsadida maxsus parhez tutayotgani haqida xabar bergandik.





