AsosiyDunyo

Norvegiya va Shvesiya muhojirlardan qutulish payiga tushdi

Shvesiya katta muammolar girdobida qoldi. 

Oxirgi o`n ikki oy mobaynida mamlakat 160 mingdan ortiq muhojirni qabul qilgan, deb xabar berdi “Vestifinance.ru” nashri. 

Germaniyaning o`tgan oydagi hisobotiga ko`ra, arab va shimoliy afrikalik muhojirlar Keln shahri markazida ayollarga hujum qilgan. Xuddi shunday voqea o`tgan yili Stokgolmda avgust oyida o`tkazilgan yoshlar festivali kunlarida ham ro`y bergan edi. Somalilik muhojir 22 yoshli ishchini kuppa-kunduzi pichoqlab, tan jarohati etkazgan. Marokkolik muhojirlarning bolalari ayollarni qo`rqitib, bosqinchilik qilishgan. 

Joriy yilda Shvesiya 80 mingdan ortiq qochoqlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborishni rejalashtirgan. Norvegiyada esa qochoqlarni chegaraning o`zida boshpana bilan ta`minlash haqidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Ammo Norvegiya advokatlar assosiasiyasi bu inson xuquqlarini poymol qilish deb bong urmoqda.

    Boshqa yangiliklar