Nepal g`arbida samolyot halokatga uchragan joydan 19 kishining jasadi topildi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.
Halok bo`lganlarni qidirish operasiyasi kecha kechqurun noqulay ob-havo sharoiti tufayli to`xtatilgan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo`lganlarning barchasi halok bo`lgan.
Tara Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot 24 fevral kuni halokatga uchragan edi. U Pokxaradan Joms shahriga parvozni amalga oshirayotgan edi.
Aviahalokatdan biroz muddat o`tgach, samolyot qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.





