Xonanda Ozoda Saidzodaning yangi imiji nafaqat muxlislar, balki shou-biznes vakillari uchun ham kutilmagan yangilik bo`ldi.
Xonandaning yangi ko`rinishi ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilindi. Xonanda imijining bu darajada o`zgartirilishi sabablariga Daryo.uz nashri oydinlik kiritdi.
— To`g`risini aytadigan bo`lsam, imijimning o`zgarishi sababi salomatligim bilan bog`liq. Bu odamlar aytib yurgan darajada, «Ozoda og`ir kasal ekan», degan mish-mishlar darajasidagi kasallikdan emas. Jarrohlikdan so`ng soch to`kilish holatlari bo`lib turar ekan. Sochim rangining o`zgarishi aynan imidj uchun qilinmagan. Holatdan kelib chiqib, vaziyatga to`g`ri yondashib shunday imidj o`yladik. Bu odamlarni o`zimga qaratish yoki shunga o`xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas. San`atkor muxlislarning e`tibori markazida yuradi. Shu sababdan, o`ta zamonaviylik ham yoki zamondan orqada qolish ham yarashmaydi. Milliyligimiz, o`zbekchiligimizdan kelib chiqqan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.





