“Lokomotiv” futbol jamoasining futbolchisi Dmitriy Tarasovning xotini, teleboshlovchi Olga Buzova Rossiya prezidenti Putinning rasmi tushirilgan futbolka kiyganligi uchun jazolangan turmush o`rtog`ini qo`llab-quvvatladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
“Biz Dima bilan bir-birimizni har qanday vaziyatda ham tushunishga, qo`llab-quvvatlashga harakat qilamiz. Men uning bu vatanparvarlik harakatida hech qanday haqoratomuz holatni ko`rmadim. U shu tariqa o`z vataniga, prezidentiga bo`lgan muhabbatini namoyish etgan”, — dedi Buzova.
18 fevral kuni Tarasovni “Lokomotiv” klubi 300 ming evro jarima to`lashga majbur qilgan. Klub ilgari ham o`yinchini nojo`ya hatti-harakati uchun muhokama qilgan edi. UEFA ham futbolchiga intizomiy jazo berdi, siyosiy tashviqoti uchun endi u 10 ta matchda qatnashish huquqidan mahrum etildi, shuningdek, klubning bo`yniga sanksiya qo`yildi. Voqea seshanba, 16 fevral kuni Stambul shahrida o`tkazilgan Evropa Ligasida “Fenerbaxcha” (0:2) klubi bilan bo`lgan matchda ro`y bergan edi.





