Futzal bo`yicha Osiyo chempionatining chorak finalidan o`rin olgan O`zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi, deya xabar beradi uff.uz nashri,
Unda 3:0 hisobi qayd etilib, o`zbekistonlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.

Gollarni Dilshod Rahmatov 18 va 39-daqiqalarda hamda Nodir Eliboevlar 31-daqiqada kiritishdi. Juda qiyin o`tgan o`yinda O`zbekiston futzalchilari kerakli natijaga erirshidi va haqli ravishda yarim finalga yo`l olishdi.
Bu esa, o`z-o`zidan Kolimbiyada o`tadigan Jahon chempionatiga borishimizni anglatadi. Ha, O`zbekiston termasi bu ishni uddaladi.
Oldimizda yarim final o`yini turibdi. Umid qilamiz, termamiz unda ham g`alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashadi.
Futzal, Osiyo chempionati
Chorak final
O`zbekiston - Iroq - 3:0
Gollar: Dilshod Rahmatov (18, 39), Nodir Eliboev (31)
O`zbekiston: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, Feruz Faxriddinov, Davron Choriev, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Akmaljon Xazratqulov, Klim Tyugaev
Iroq: Muhammad Nur, Xussayn Ali Muhammad, Xasan Al Jabbor, Rafid Hamid, Volid Xolid
Zaxira: Mustafo Bachay, Firas Muhammad, Abulfadhel Abbos, Salim Faysal, Mohir Fadxil, Amjad Karim, Umar Sabti, Saif Abdulmalik
Foto manbasi: https://twitter.com/UzbekistanFF





