AsosiySport

“Lokomotiv” futbolchisi Turkiyada Putin surati tushirilgan maykani ko`rsatdi

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasov Evropa Ligasinnig nimchorak finalida “Fenerbaxche” mehmoni bo`ldi. Uchrashuvda turklar 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin Tarasov libosini echib, ichidagi maykada Putin suratini ko`rsatib, maydon bo`ylab harakat qildi. Maykada Putin suratini tagida “Eng xushmuomala prezident” yozuvi ham bor edi, deya xabar beradi lenta.ru nashri. 

O`yin oldidan mezbon jamoa rahbariyati muxlislardan futbolga siyosatni aralashtirmaslik kerakligini uqtirgandi.

    Boshqa yangiliklar