AsosiyJamiyat

Germaniya, Singapur, Koreya va Yaponiyaning etuk mutaxassislari o`zbek maktablari uchun darsliklar yaratishadi

2016-2020 yillarda umumta`lim maktablarida yangi darsliklar yaratish va nashr etish yuzasidan yangi dastur loyihasini ishlab chiqish uchun tayyorgarlik boshlandi

UT nashrining xabar berishicha, yangi darsliklar yaratishdan oldin tizimga dars o`tishning yangi usullari joriy etiladi. Birinchi navbatda aniq va tabiiy fanlar bo`yicha yangi o`quv metodologiyalari ishlab chiqiladi. Yangilik o`quvchilarning o`quv materiallaridan unumli foydalanib, amaliyotda samarali natijalarga erishishiga qaratilgan.

Yangi dastur asosida yangi darsliklar ham yaratiladi. Bu loyihani amalga oshirishda nafaqat o`zbekistonlik mutaxassislar, balki Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya va yana bir qancha rivojlangan mamlakatlarning o`quv markazlari ekspertlari ham ishtirok etishlari ko`zda tutilgan.

Yangi darsliklar joriy etilishida zamonaviy ingliz tili darsliklari yaratilishidagi tajribalardan foydalaniladi. Yangi avlod darsliklari mavjudlaridan tubdan farq qiladi. Birinchidan, ular o`qituvchi uchun metodik qo`llanmalar bilan birgalikda chop etiladi. Ikkinchidan, multimediali ilovalar — elektron ilovalar, audio va videoyozuvlardan iborat bo`ladi. Ba`zi bir fanlardan ish daftarlari ham ilova qilinadi.

    Boshqa yangiliklar