Chaqqon bekalar taomnomasidan!
Zarur masalliqlar:
1 banka konservalangan qizil loviya, 100 gr. krab tayoqchasi, 2 dona pomidor, ko`katlar, sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
- 1. Krab tayoqchalarini maydalab to`g`rang. Konservalangan qizil loviyani suvidan ajrating.
- 2. Pomidorni o`rtacha kattalikda to`g`rang. Ko`katlarni maydalang, sarimsoqpiyozni ezing. Barcha masalliqlarni aralashtirib, tuz va murch soling. So`ngra mayonez qo`shasiz. Istakka ko`ra quritilgan non bo`laklari ham solish mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 10 daqiqa.
2 kishilik.





