Kanizaning shov-shuvli o`tishi kutilayotgan konsert dasturi, tavallud ayyomi va to`y oqshomining banneri tayyor bo`ldi.
Bannerda Kanizani doimgiday noan`anaviy qiyofada ko`rish mumkin. Undan yana bir bor kutilayotgan tadbirga aniqlik kiritish maqsadida bog`landik. U haqiqattan ham sahnada to`y o`tkazmoqchimi, yo fikridan qaytdimi, bunga kuyov qanday rozi bo`ldi, bu yog`ini o`zidan bilib olasiz.

— Kaniza konsert banneringiz ham tayyor bo`libdi, to`yingizni “Istiqlol” sahnasida o`tkazish fikridan qaytmadingizmi?
— Albatta yo`q.
— Bunga kuyov ham rozimi?
— Ha, zo`rg`a rozilik berdi, ko`ndirishim oson kechmadi.
— “O`zbeknavo”-chi?
— Shu “O`zbeknavo” ruhsat bermayapti-da...
— Xo`sh, unda nima qiladigan bo`ldingiz?
— Hammasi imkoniyat darajasida bo`ladi.
— To`yni hamma qatori biror restoranda ham nishonlashni rejalashtirdinglarmi?
— Ha, albatta. Konsertdan so`ng.
— Shu kunning o`zidami?
— Yo`q, keyinroq. Balki bu tadbirni horijda nishonlarmiz... Buni vaqt ko`rsatadi.
— To`y libosingizni tanladingizmi? Qanchaga tushdi?
— Tanladim. Hozirda uni italiyalik dizayner tayyorlamoqda, narxi sir bo`la qolsin.
— Kutilayotgan tadbirlaringizda Omad tilab qolamiz!





