AsosiySUG'DIYONA

Keyt Midltonning egizak farzand kutayotgani ma`lum bo`ldi

Kembrij gersoginyasi Keyt Midltonning homiladorligi yuzasidan yangi tafsilotlar ma`lum bo`ldi, deb xabar beradi ELLE nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, Keyt egizak qiz farzandlarga homilador. Bu xabar Kensington qasrida qizg`in muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Avvalroq, Keytning turmush o`rtog`i shahzoda Uilyam xotinining homiladorligini  xushlamaygina qabul qilgani, u qizi Sharlotta biroz ulg`aygachgina yana farzand ko`rish istagida bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

Keyt UZI tekshiruvidan so`ng darhol Uilyamga sms-xabar jo`natgan. U esa “Xazillashyapsanmi? Biz hozir farzand ko`rolmaymiz” deya javob bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, Keytning homilasi hozirda 12 haftalik.

Shuningdek, gersog va gersoginya qirollik qasridan shahar tashqarisidagi Anmer-xoll qasriga ko`chib o`tishi rejalashtirilgan.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar