Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi bir nechta qishloq vrachlik punktlari yopildi, deb xabar beradi “Samarkandskiy Vestnik”.
QVPlarning yopilishiga ular joylashgan binolarning qurilish talablariga javob bermasligi sabab bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Pastdarg`om tumanidagi “Mingboev”, “Yangi Ravot”, “Mash`al”, “Zarbdor”, “Gumbaz” kabi qishloq vrachlik punktlari binolari qurilish talablariga javob bermagani uchun yopilgan.
Hozirgi kunda viloyatdagi barcha QVPlar “Salomatlik-2” dasturi bo`yicha yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ammo, ularning ko`pchiligida elektr quvvati bilan taminlash bo`yicha muammolar mavjud. Shu sababli, o`z vaqtida tahlil o`tkazish, asbob-uskunalarni sterillash va emlash vaksinalarini saqlash imkoni yo`q.
“Shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida isitish tizimi va suv bilan ta`minlash borasida ham muammolar mavjud. Bu esa bemorlarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga ta`sir o`tkazmay qolmaydi”, —deyiladi xabarda.





