AsosiyShou-biznes

San`atkorlar #BoburDay aksiyasida ishtirok etmoqda(Foto)

Bugun 14-fevral buyuk mutafikkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 14:00dan boshlab tashabbuskor yoshlar tomonidan navbatdagi virtual aksiyaga start beriladi.

Shu kuni Twitter mikrobloglar xizmatining o`zbekistonlik faol foydalanuvchilari mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag`ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun harakat boshlaydi.

Ularga o`zbek estradasi, kino san`atining yorqin vakillari ham yaqindan yordam beradi.

Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay heshtegini ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar