Meksika shimolida joylashgan Monterrey shahrida joylashgan “Topo-Chiko” qamoqxonasidagi mahbuslar o`rtasida chiqqan janjal oqibatida 52 kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi “BBC” nashri.
Nuevo viloyati gubernatori Leon Xayme Rodrigesning so`zlariga qaraganda, ikki jinoiy guruh o`rtasida sodir bo`lgan bu to`qnashuv yarim kechasi boshlanib, 30-40 daqiqa davom etgan, 52 kishi halok bo`lgan, 12 kishi og`ir yaralangan. Bu ikki jinoiy guruhning birini “Dzeta-27” laqabli Xuan Pedro Zaldivar Farias, ikkinchisini esa “Galf” laqabli Xorxe Ivan
Xernandes Kantular boshqargan. Hozircha ularning halok bo`lgan, bo`lmaganligi noma`lum. Mahbuslarda o`q otar qurol bo`lmagan, ular qo`lbola pichoq va tayoqlardan foydalanib, bir-birlariga tan jarohati etkazishgan. Barcha halok bo`lgan mahbuslar erkak kishilar bo`lgan. Qamoqxona omborxonasida yong`in chiqqan. Ma`sul shaxslarning xabar berishicha, vaziyat nazorat ostida, mahbuslardan hech kim qamoqxona hududidan tashqariga chiqib ketolmagan. Mahbuslarning yuzlab qarindoshlari qamoqxona devorlari tagiga to`plangancha, polisiyachilarga tosh va tayoq irg`itib, bo`lgan voqea va yaqinlari to`g`risida ma`lumot berishni, qamoqxona darvozasini ochishni talab qilishgan.





