2016 yilning 11 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida 19-21 yanvar kunlari Vashington shahrida bo`lib o`tgan siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi hamda boshqa uchrashuv va muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 2016 yilga mo`ljallangan turli darajadagi O`zbekiston-AQSh uchrashuvlari jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.





