"O`zbekkino" Milliy agentligining Matbuot xizmatini ma`lumotiga ko`ra, dunyodagi eng katta kino ekrani Sidneyning Panasonic IMAX kinoteatrida joylashgan. Ekranning kengligi 35,72 metr, balandligi 29.57 metr. Unda filmlar IMAX 3D formatida namoyish etiladi.
Dunyodagi eng katta yozgi kinoteatr – Open Air. U shahar va mamlakatlar bo`ylab harakatlanib, tomoshabinlarga og`irligi 54 tonna, kengligi 19 metr va balandligi 16 metr bo`lgan ekran sifatini baholash imkonini beradi. Open Air Shveysariyada ishlab chiqarilgan.
️Dunyodagi eng ulkan kino majmuasi esa Bryusselda joylashgan. «Kinepolis»da 700 kishigacha tomoshabinni sig`dira oladigan 26 ta kinoteatrlar faoliyat yuritadi. Bu erda shuningdek, IMAX filmlarini namoyish etish uchun kinozal ham mavjud. «Kinepolis» bir vaqtning o`zida 6000 gacha tomoshabinni qabul qilishi mumkin.