Yangiliklardan bexabar qolmang, bekalar!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 150 gr. sariyog` yoki margarin, 1,5 stakandan un va suv, 6 dona tuxum, tuz; kremiga: 500 ml. smetana, 1 stakan shakar; glazur uchun: 50 gr. shokolad, 1 choy qoshiq sariyog`, 1 osh qoshiq qaymoq.
Tayyorlanishi: 1. Suvga tuz va bo`laklangan margarinni solib, olovga qo`ying. Suv qaynashi bilan unni soling. Olovni pasaytirib, aralashtirib turgan holda 5 daqiqa qaynating. Olovdan olib, biroz sovuting.
2. Xamirga tuxumni bittalab solib, mikser yordamida aralashtiring.
3. Konditer qopchasi yoki choy qoshiq yordamida xamirni pergament qog`ozi joylangan patnisga solib chiqing. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. 20 daqiqadan keyin haroratni 180 darajaga tushirib, to pishguncha qoldiring.
4. Smetanani shakar bilan ko`pirtiring. Pishriqlarni kremga solib, ehtiyot bo`lib qoshiq yordamida aralashtiring.
5. Aylana shaklda qolipga tekis qilib pishiriqlarni uch qavat qilib terib chiqing.
6. Eritilgan shokoladni sariyog` va qaymoq qo`shing-da, suv bug`iga qo`yib, aralashtiring. Tort yuzini shokoladli glazur bilan bezang. Dasturxonga tortishdan oldin 30 daqiqa muzlatkichda qo`ying.
2 soat
6 kishilik.
Manba: www.sugdiyona.uz





