AsosiyShou-biznes

“Layli va Majnun” yana sahnada

Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqali teatrida “Layli va Majnun” spektaklining premerasi bo`lib o`tdi. 

Qaytadan sahnalashtirilgan spektaklda mehr-muhabbat, sadoqat, sof sevgi tarannum etilgan. Qays va Laylining o`z ahdi yo`lidagi kurashi, chekkan zahmat va iztiroblari ta`sirchan voqealar vositasida aks ettirilgan. Spektaklda Navoiy siymosining gavdalantirilgani muayyan voqea va hodisalarga shoir munosabatini bayon etishda o`ziga xos yangilik bo`lgan. 

Xurshid dramasi asosida Shuhrat Rizaev tomonidan qayta ishlangan asarni O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov sahnaga qo`ygan. Sahnaviy bezak va dekorasiyalar muallifi – Baxtiyor To`raev. Layli rolini Dilorom Abduolimova, Qays rolini Ravshan Ibrohimov ijro etmoqda. Spektaklda O`zbekiston xalq artisti Mariyam Ixtiyorova, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artistlar Aleksandr Bekjonov, Turg`un Beknazarov, Dilorom Safoeva ishtirok etmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar