AsosiyJamiyat

Euronews telekanalida “O`zbekiston otkritkalari” dasturining so`nggi epizodlari namoyish etildi

8 fevral kuni “Euronews” telekanalida “O`zbekiston otkritkalari” dasturining so`nggi epizodi — Shahrisabzdagi Oqsaroyga bag`ishlangan soni efirga uzatildi, deya xabar beradi “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati.

“O`zbekiston otkritkalari” dasturining yakunlovchi epizodida Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroy haqida so`z yuritildi. Bino XIV  asrda barpo etilgan bo`lib, Amir Temurning yozga dam olish qarorgohi vazifasini o`tagan. Hozirgi kunga qadar uning faqatgina ikki gumbazi ustuni saqlanib qolgan.

Euronews telekanalida bu syujetlar translyasiyasi joriy yilning 14 fevraliga qadar davom etadi. Avvalgi epizodlar ko`hna va navqiron Samarqand, Xiva, Marg`ilon va Rishton shaharlariga bag`ishlangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar