AsosiyJamiyat

Milliy bog`da Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi

Mamlakatimizda Alisher Navoiy tavallud topgan kunni bayram sifatida nishonlash yaxshi an`anaga aylangan. Bu yil ulug` shoirning 575 yilligi keng nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ida 9 fevral kuni  ulug` bobokalonimiz tavalludining 575 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari vakillari, navoiyshunos olimlar, adib va shoirlar, ma`naviyat targ`ibotchilari, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, mumtoz o`zbek adabiyoti bo`yicha izlanayotgan chet ellik tadqiqotchilar Alisher Navoiy ruboiylaridan namunalarni o`zbek tilida o`qidi. O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artistlar Elmurod Ahmedov va Furqat Ashuraliev ijrosida  ulug` bobomiz g`azali asosidagi qo`shiqlar yangradi. Shoir haykali poyiga gullar qo`yildi.

Tantanali tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari  B.Hodiev  qatnashdi.  

    Boshqa yangiliklar