1902 yilda qurilgan eski Buxoro vokzali o`tgan yilning yoz oylarida to`liq buzilib, o`rniga yangi vokzal qurilishi boshlab yuborilgan edi. Bu haqda "O`zbekiston temir yullari" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Eski vokzal bir qavatdan iborat bo`lib, o`tgan vaqt davomida bir necha marotaba qayta ta`mirlangan bo`lsada, kutish zali va peron qismining kichikligi bois bir vaqtning o`zida bor-yo`g`i 100 nafar yo`lovchiga moslashgan edi.
Yangi qurilayotgan vokzal binosi esa ikki qavatdan iborat bo`lib, bir vaqtning o`zida 200 nafardan ortiq yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi. Undan mehmonlar uchun 1 ta VIP zali hamda 4 ta dam olish xonalari o`rin oladi. Shu bilan birga, navbatchilar, video kuzatuv nazorati, ona va bola uchun maxsus xonalar hamda tibbiyot punkti, ma`lumotxona va bufet tashkil etiladi.
Buxoro vokzali joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.





