AsosiyShou-biznes

Aktrisa Rayhon Ulasenova katta gonorar so`rashi sababini aytdi

Aktrisa Rayhon Ulasenova rol tanlaydigan aktrisalardan. Uni hozirgi kunda suratga olinayotgan kinolarda ko`p ham uchratavermaymiz.

Buning sababini Rayhon Ulasenova “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Rahmatli ustozim Mark Vayn "Rayhon sen yaxshi aktrisasan. Shuning uchun imkoniyatingni ochib beradigan rejissyor bilan ishlagin. Yaxshi ssenariy bo`lsa puliga qarama, ammo ssenariydan ko`nglin to`lmasa, gonoraringni shu darajada baland aytginki,yaqiningga yo`lay olmasin", deb maslahat berardi. Shu paytga qadar o`nga yaqin filmlarni ssenariysi yoqmagani uchun qaytardim. Gohida bu ishim xatomikan, deb o`ylab qolaman va shu zahotiyoq ustozimning gaplarini eslab, engil tortaman”, - dedi aktrisa.

 

    Boshqa yangiliklar