Ishchi nomi “Putin” deb nomlangan film s`yomkasi 2016 yilning bahor oylarida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bu yil Leonardo Di Kaprioga "Oskar" mukofoti olish nasib etadimi, yo`qmi, ammo aktyorning boshqa orzusi amalga oshish ehtimoli mavjud. Chunki u Vladimir Putin obrazini yaratish orzusi borligini ma`lum qilgandan, uning xohishi darrov ro`yobga chiqdi. Di Kaprio “Putin” kartinasida suratga tushishga rozi bo`ldi, film prodyuseri Mark Deymon.
Filmni suratga olishga javobgar bo`lgan Rossiyaning Knights Bridges Entertainment kompaniyasi vakillari uning janrini siyosiy triller deb belgilashdi. Filmda dunyo siyosati cho`qqisiga chiqqan prezident Vladimir Putinning hayoti va mehnat faoliyati yoritiladi. S`yomka jarayonlari Rossiya, Amerika va Evropada o`tkazilishi kutilmoqda. Filmda qatnashuvchi boshqa aktyorlar va rejissyorning nomi sir tutilmoqda, faqatgina ular bir qator mashhur aktyorlar bo`lishi mumkinligi ma`lum.
Kartina premerasi taxminan 2017 yilning bahor oylarida o`tkazilishi belgilangan. Agarda bu yil Di Kaprio “Oskar” mukofotini ololmasa, kelajakda film premerasidan keyin mukofotning biror nominasiyasi g`olibi bo`lish imkoniyati tug`ilishi mumkin.





