AsosiySUG'DIYONA

Go`zallikning qishki qoidalari

Kosmetika vositalarining tarkibida spirt ko`p bo`lganlarini ishlatmaslikka harakat qiling.

  • Sovuqda shundoq ham qurigan teriga ular salbiy ta`sir qiladi.
  • Ko`chaga chiqishdan yarim soat oldin albatta yuz va qo`llaringizga parvarishlovchi krem surting. Shunda teringiz himoyalanishga ulguradi.
  • Lab bo`yog`idan aavval lablarga balzam surtishni unutmang. Bu lablaringizni yorilishdan asraydi va lab bo`yog`i chiroyli ko`rinishini ta`minlaydi.
  • Soch uchun mo`ljallangan sun`iy vositalar — lak, muss kabilardan iloji boricha foydalanmang.
  • Haftada bir marta chakamug` yog`idan sochlaringizga surting. Undan bir-ikki tomchi shampuningizga qo`shib qo`ysangiz, sochlaringiz quruq va jilosiz bo`lib qolmaydi.
  • Uxlashdan avval, albatta yuz terisini pardozdan tozalab, kechki kremdan surting. Bu kun davomida sovuqdan qiynalgan yuz terisining joniga aro kiradi. 

    Boshqa yangiliklar