Toshkent shahrida joylashgan G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i fotoelektrik stansiyalar bilan ta`minlanadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Loyiha Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining joriy yildagi tadbirlar rejasiga kiritilgan. Bu haqda qo`mita raisi Shomurod Muxamedjanov ma`lum qildi
“Mazkur istirohat bog`i juda ko`p tungi chiroqlar va attraksionlar bilan jihozlanganki, hammasi elektr energiyasida ishlashga mo`ljallangan. Ushbu fotoelektr qurilmalarini o`rnatish natijasida istirohat bog`i hududida tungi chiroqlarni quyosh energiyasi orqali yoritish imkoniyati yuzaga keladi», — deya ta`kidlagan Shomurod Muxamedjanov.





