AsosiyJamiyat

Inha universiteti talabalari «Kamolot» stipendiyasi sohibiga aylandi

Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining stipendiyasi sovrindori bo`ldilar.

«Kamolot» stipendiyasi 2007 yilda iqtidorli va tashabbuskor talabalarni qo`llab-quvvatlash uchun ta`sis etilgan. Stipendiya «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati a`zolari, tashkilot tadbirlari va loyihalarida faol ishtirok etuvchi, o`z fuqarolik pozisiyasiga ega va yoshlar uchun ijtimoiy loyiha taqdim etganlar uchun beriladi.

«Kamolot» YoIH ma`lumotiga ko`ra, bu yil tanlovda 311 nafar oliy ta`lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Respublika komissiyasi tomonidan talabalar faoliyati o`rganib chiqildi va 75 nafar talaba tanlov sovrindoriga aylandi. Ular orasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham bor.

«Kamolot» stipendiyasiga Toshkent shahridagi Inha Universitetining ikkinchi kurs talabalari Ziyomuhammad Usmonov i Nuruddin Iminoxunov sazovor bo`ldilar.

 

    Boshqa yangiliklar