Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 4K formatda yaratilgan o`tkir syujetli “Baron” filmining yopiq taqdimoti bo`lib o`tdi.
O`zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, Rossiya Federasiyasi hamda Turkiyada suratga olingan mazkur film gyohvandlik va narkobiznesga qarshi kurash borasidagi real voqealarga asoslangan.
Tadbirda so`zga chiqqar ekan film rejissyori Rustam Sa`diev quyidagi fikrlarni aytib o`tdi:
“Tadbirimizni yoritishga kelgan xorijiy OAV vakillariga minatdorchilik bildiraman. Taqdimotga o`zbek san`atini eng ko`zga ko`ringan vakillari, prodyusserlar, san`at arboblari, mashhur xonandalar va sport ustalari yig`ilganidan hursandman. Bekorga hammani chaqirmadik. Hozirgi kundagi kinodagi vaziyatga nazar solsak, unda o`ziga yarasha muammolar ham, yutuqlar ham bor. Davlatimiz tarraqqiyotida sport va san`atni o`rni katta. Sport va estradamizda yaqqol o`sish kuzatilyapti. Bu erga sizlarni chaqirganimizdan asosiy maqsad o`zbek kinosiga ham shamolinglar tegsin, o`zbek kino san`ati ham sizlarga etib olsin dedik.
Ushbu filmni suratga olish baxti menga nasib qilganidan hursandman. Davlatimiz tomonidan ishonch bildirilganiga minatdorman. Mazkur filmni suratga olishda kuchli salohiyatli ijodkorlardan tarkib topgan ijodiy jamoa mehnat qildi. O`ylaymanki, mazkur film dunyo hamjamiyatida oldida ham O`zbekiston davlatining narkotika vabosiga munosabati bo`lib qoladi.
Film dunyo ekanlariga chiqish maqsadida yaratildi. Filmni yaratar ekanman, bugungi tinchligimiz ortida juda katta kuchlar va qahramonlar turganligiga yana bir bor amin bo`ldim.
Film real voqealar asosida badiiylashtirilgan holda yaratildi. Unda o`zbek kinsini eng yorqin vakillari pul uchun emas, balki burchi deb bilib suratga tushdi. Ulardan minatdorman”, deya fkirlarini yakunladi rejissyor.
Darhaqiqat, har bir kadri bejiz ishlanmagan filmni ko`rar ekanmiz, yurtimizni osoyishtaligi ortida qanchadan-qancha mehnat yotganligiga yana bir bor amin bo`ldik. Filmni ko`rishni albatta tavsiya qilamiz. Yurtimiz ekranlarida 17 yanvardan.
Filmning ochiq taqdimoti ertaga 16 yanvar kuni Alisher Navoiy kinosaroyida o`tkaziladi.





