Facebook ijtimoiy tarmog`ining "Voditeli Tashkenta" guruhida Samarqand shahrida Damas avtomobili ishtirokida yuz bergan yo`l transport hodisasi aks etgan surat joylandi.
Mazkur suratda to`siqqa urilib yonboshiga ag`darilib ketgan avtomobilni ko`rish mumkin. Surat muallifining yozishicha, halokat oqibatida jabrlanganlar yo`q. Muallif haydovchilardan ehtiyotkorlik va xushyorlikni so`rab qolgan.
Suratga qoldirilgan izohlarda hodisa tezlik oqibatida yuz bergani yozilmoqda.






