AsosiyJamiyat

O`zbekiston TIV: Istanbuldagi portlashda jabrlanganlar orasida o`zbekistonliklar yo`q

Kecha,12 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo`lgan terakt qurbonlari orasida o`zbekistonliklar yo`q. Bu haqda O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma`lumotga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma`lumot berdi.

 Eslatib o`tamiz, kecha, 12 yanvar kuni Turkiya poytaxti Istanbul shahri markaziy maydoni Sultonahmadda hudkush terrorchi o`zini portlatib yuborishi oqibatida terakt sodir bo`lgani va oqibatda 10 kishi halok bo`lganligi ma`lum qilingan edi. Halok bo`lgan va jabrlanganlarning aksariyati chet el fuqarolari. 

    Boshqa yangiliklar