AsosiyShou-biznes

Bugun Bahrom Nazarovning 2016 yildagi ilk premerasi

2015 yilda sermahsul ijod qilgan xonanda Bahrom Nazarov yana qizg`in ijod bilan band.

Vanihoyat u 2016 yilning ilk premerasini muxlislar e`tiboriga havola qilishga shay turibdi. Qo`shiq nomi “Sochi bilan  bo`yi teng qizni ko`rdim” deb nomlangan bo`lib, u ilk bora 2015 yilda Bahrom Nazarovning “Shukrona” deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturida ijro etilgan.

Tarona bugun “O`zbegim taronasi”, “Oriat dono”, “Navro`z” hamda “Vodiy sadosi” radiostansiyalarida taqdim etiladi.         

Mazkur qo`shiqqa ko`plab muxlislarning talabiga binoan “9999” studiyasi tomonidan klip ham suratga olingan, tez kunlar uning premerasi ham kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar