Bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:07 da O`zbekistonning ayrim hududlarida erosti silkinishlari sezildi.
O`zFA Seysmologiya institutining xabar berishicha, Toshkentda erosti silkinishlari kuchi 2—3 , Andijonda – 3, Farg`onada – 3-4 ballni tashkil etgan.
Poytaxtliklarning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan fikrlariga ko`ra, Toshkentda 4-4,5 ballga yaqin zilzila sezilgan.
Episentrda 5,7 magnitudali zilzila qayd etilgan bo`lib, u Afg`oniston hududidagi Hindikush tog`larida 225 km chuqurlikda joylashgani xabar qilindi.





