Milliy matbuot markazida “Cho`l ertagi-2” ekologik multiplikasion filmining taqdimoti bo`lib o`tdi.
Tadbir O`zbekiston Ekologik harakati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Ekomaktab” nodavlat notijorat tashkiloti, Sergeli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi hamkorligida tashkil etildi.
Bolalar uchun mo`ljallab o`zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan “Cho`l ertagi-2” multfilmi O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob jonivor – sayg`oqlarni asrashga bag`ishlangani bilan ahamiyatlidir.
“Cho`l ertagi-1” filmini tomosha qilgan bolalar uning 2-qismida kichkina sayg`oqning sarguzashtlariga guvoh bo`ladi. Shuningdek, filmda inson va tabiat munosabatlari uyg`unligi, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, atrof-muhitni asrab-avaylash masalalari tasvirlangan.





