AsosiyDunyo

Alabama shtati AQSh hukumati ustidan sudga arz qildi

AQShning Alabama shtati mamlakat federal hukumatini qochoqlarni joylashtirish rejasi yuzasidan sudga berdi. Bu haqda Alabama gubernatori Robert Bentlining so`zlariga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Shtat rasmiylari Oq uyni shtat hududiga joylashtirilayotgan suriyalik qochoqlar haqida etarlicha ma`lumot bermayotganlikda aybladi. 1980 yilda qabul qilingan qochoqlar haqidagi qonun ham buni taqozo qiladi. 

“Men Alabama shtati hududiga qabul qilinayotgan qochoqlar haqida kengroq ma`lumot so`rab, uch marta xat bilan murojaat qildim. Ammo ular javobsiz qoldi”, — deydi gubernator.

Alabama gubernatori 15 yanvar kuni Parijdagi teraktlar  tufayli suriyalik qochoqlarni shtat hududiga qabul qilishdan bosh tortishini ma`lum qilgan edi. U mazkur harakatlarini shtat aholisi xavfsizligi nuqtai nazaridan amalga oshirishini ta`kidlagan edi.  

“Obama va federal hukumatning qochoqlarni qabul qilish dasturini bajarish jarayonida shtatlar umuman ishtirok etmayapti”, — deydi Bentli.

    Boshqa yangiliklar