AsosiyDunyo

OAV:Belgiya federal prokurori navbatdagi teraktlardan ogohlantirdi

Belgiya federal prokurori Frederik Van Lev mamlakat hududida 15 yanvar kuni terakt sodir etilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“15 yanvar kuni Belgiya hududida terakt sodir etilishi xavfi mavjud”, — ta`kidladi prokuror. “Ma`lumki, terrorchilar sanalarga alohida e`tibor qaratadi va 15 yanvar Belgiyada yirik ramziy ma`noni anglatadi” .

Prokurorning so`zlariga ko`ra, Belgiya maxsus xizmati teraktning oldini olish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda. 2015 yilning 15 yanvarida Belgiyaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan Verve shahrida polisiya yirik antiterror operasiyani amalga oshirgan edi. Mazkur harakatlar polisiya va terrorchilar o`rtasidagi otishma bilan yakunlangan edi. Otishma oqibatida ikki terrorchi halok bo`lgan, sakkiz nafari hibsga olingan, ulardan to`rt nafari qamoq jazosiga hukm qilingan edi.  

    Boshqa yangiliklar